Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5713 marta o'qildi

Nikohni bekor qilish uchun sudda davlat boji kimdan undiriladi?

Davlat boji nikohdan ajratishni so‘rab sudga ariza topshirgan tomondan, agar er-xotin birgalikda nikohdan ajratish haqida sudga ariza yozgan bo‘lsa, o‘zaro kelishgan holda tomonlarning biridan undiriladi.

Davlat boji summasi BHMning 2 baravari miqdorida, takroriy nikohni bekor qilish uchun esa BHMning 4 baravari miqdorida undiriladi.

Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik ishlatilishini oldini olishda Bosh prokuraturaning vakolati bormi?

Ushbu masalada Bosh prokuraturaning vazifalari qo‘yidagilardan iborat:

  • Oilaviy-maishiy sohada qonuniylikni va har bir oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatish, shaxsiy hayotga aralashuv holati bo‘yicha javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq e’tirozsiz va qarshiliksiz odil sudlovdan foydalanishini va to‘liq himoya qilinishini ta’minlash choralarini ko‘rish;
  • Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga nizoli vaziyatlarda va oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatish aniqlangan hollarda samarali harakat qilish o‘rgatilishini ta’minlash.

Gender strategiyasining asosiy maqsadi nima?

Gender strategiyasining asosiy maqsadi — irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy tengligini ta’minlashdan iborat.

Chat