Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Eng avvalo, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining to‘liq bo‘lmagan ish vaqti, ish yukini kamaytirish va nogironlarning boshqa mehnat sharoitlari bo‘yicha tavsiyalari ish beruvchi uchun majburiydir.
1 va 2 guruh nogironlari uchun ish haqini kamaytirmasdan haftasiga 36 soatdan ko‘p bo‘lmagan qisqartirilgan ish vaqti belgilanadi.
1 va 2 guruh nogironlariga yillik uzaytirilgan asosiy ta’til kamida 30 kalendar kuni beriladi.
Nogironlarni tungi vaqtda ishlashga, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlarida ishlashga jalb etishga faqat ularning roziligi bilan, agar bunday ishlar tibbiy tavsiyalar bilan taqiqlanmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
Yo‘q, mulk solig‘i to‘lamaysiz, sababi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi.
Professional ta’lim olish uchun maxsus shart-sharoitlarga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun turli tipdagi va xildagi ixtisoslashtirilgan professional ta’lim muassasalari tashkil etiladi. Ularda o‘qitish maxsus o‘quv dasturlari asosida davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida abiturientlarni qabul qilish umumiy sonining 2 foizi miqdorida qo‘shimcha qabul kvotasi ajratiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha kvota asosida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan qo‘shimcha kvotalar bo‘yicha o‘qishga qabul qilinmagan abiturientlar to‘plagan ballari bilan ta’limning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda umumiy asoslarda ishtirok etadi.
Ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi sifatida hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvota doirasida davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini oliy ta’limning mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklariga davlat granti asosida ko‘chirilishiga ruxsat etiladi.