Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6450 marta o'qildi

Quyidagilar harakatlarni bajarishda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlar hisoblanadi:

  • tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarishda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda qonun talablariga majburiy rioya etish;
  • tabiatdan foydalanuvchi — yuridik shaxs bo‘lganda, uning nomi yoki joylashgan eri (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, tabiatdan foydalanuvchi — jismoniy shaxs bo‘lganda, unga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin 7 ish kuni mobaynida vakolatli organlarni xabardor qilish;
  • ruxsatnomalarda ko‘rsatilgan doirada harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amal oshirish;
  • olingan ruxsatnomaning amal qilish muddati tugangandan so‘ng, 10 ish kuni davomida qisqa hisobot bilan uni bergan organga qaytarish (o‘simlik dunyosi ob’ektlarining g‘amlangan hajmi, vaqti va to‘plash joyi);
  • ruxsatnomada ko‘rsatilgan talablarga rioya qilish;
  • ruxsatnomaga o‘z ixtiyori bilan qandaydir tuzatishlar va qo‘shimchalarni kiritishni taqiqlash;
  • ruxsatnomani olishga arizani ko‘rib chiqish va ruxsatnomani berish uchun to‘lov.

O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida yovvoyi o‘simliklarni g‘amlash (to‘plash) uchun ruxsatnoma faqat arizachiga yoki uning ishonchli vakiliga, boshqa shaxslarga bermaslik huquqi bilan beriladi.


Ruxsatnoma talablariga rioya qilgan, yovvoyi o‘simliklarni muhofaza qilish va qayta tiklash tadbirlarini amalga oshirgan, o‘simlik mahsulotlari zaxirasini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazgan yuridik va jismoniy shaxslar teng sharoitlarda yovvoyi o‘simlik turlarini g‘amlash va to‘plashga ruxsatnomalar olishda ustuvor huquqlardan foydalanadilar.

Chat