Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4951 marta o'qildi

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma pasporti

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSh ShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), telefon raqami;

kesiladigan daraxtlar va butalarning turi va soni;

daraxtlar va butalar joylashgan joy (tuman, ko‘cha, uy);

kesishdan maqsad.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan erlarda daraxtlar va butalarni kesganlik uchun to‘lov

MIQDORLARI

Kesishga ruxsat berilgan daraxtlarning 1,3 m balandlikdagi tanasining diametri, sm (daraxtlarni noqonuniy kesishda daraxt tanasining er bilan tutashgan joyidagi diametri olinadi)

Bitta daraxtni kesish uchun berilgan ruxsatnoma qiymati miqdori

(belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsientlarda)

kam qimmatli daraxtlar turi uchun: aylanta, akatsiya, yapon soforasi, terak va boshqalar

qimmatli (yog‘ochbop) daraxtlar: yong‘oq, pista, bodom, qarag‘ay, barcha turdagi archalar, sharq biotasi, eman, chinor, shumtol, oqqayin, kashtan, lola daraxti, magnoli, forzitsiya va tut va boshqalar

4 sm gacha

0,2

0,4

4,1 — 8

0,3

0,6

8,1 — 12

0,4

1,0

12,1 — 16

0,6

1,3

16,1 — 20

1,0

1,8

20,1 — 24

1,5

2,5

24,1 — 28

1,8

3,5

28,1 — 32

2,3

4,5

32,1 — 36

3,3

5,5

36,1 — 40

4,4

6,5

40,1 — 44

5,2

8,0

44,1 — 48

6,2

9,5

48,1 — 52

7,2

10,5

52,1 — 56

8,2

11,5

56,1 — 60

9,2

13,5

60,1 — 64

10,5

14,5

64 santimetrdan ortiq diametrning har bir santimetri uchun to‘lov 0,5 koeffitsient miqdorida oshadi.

Butalarning diametri ildiz bo‘g‘zidan o‘lchanadi.

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

5 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik talab va shartlariga rioya qilish;

b) vakolatli organ tomonidan belgilangan muddatlarda va joylarga ruxsatnoma asosida kesilgan har bir daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan, yirik o‘lchamli ko‘chatlarini ekish (daraxt — 5 yillik, buta — 3 yillik) hamda ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Ruxsatnoma berilgan yilning 31 dekabriga qadar

12.

Izoh:

I. Daraxtlar va butalarni kesish — binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruktsiya qilishda qurilish maydonidagi yoki texnika va moslamalarning ishlashiga, infratuzilmalarni joylashtirishga xalaqit beradigan daraxtlar va butalarni tag qismidan kesib olib tashlash.

II. Ushbu pasport qoidalari quyidagilarga tatbiq qilinmaydi:

jismoniy shaxslarning tomorqa er uchastkalarida o‘sadigan daraxtlar va butalarga;

pitomnik va plantatsiyalarda etishtiriladigan daraxtlar, nihollar va butalarga;

yuridik yoki jismoniy shaxslarning mulki bo‘lgan va ular tomonidan qurilish materiali hamda hosil olish maqsadida ekilgan daraxtlar va butalarga.

III. Daraxtlar va butalarning quyidagi toifalari o‘rmon fondiga kirmaydi:

shaharlardagi hamda boshqa aholi punktlaridagi daraxtlar va butazorlar, shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish uchun ekilgan o‘simliklar;

temir yo‘llar va avtomobilь yo‘llarining, tabiiy va sun’iy suv oqimlarining, suv havzalarining hamda boshqa suv ob’ektlarining ajratilgan hududlaridagi ihota daraxtzorlar;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlardagi ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek, boshqa daraxtlar va butazorlar;

tomorqa er uchastkalaridagi va bog‘ uchastkalaridagi daraxtlar va butazorlar.

IV. Daraxtlar va butalarni sanitariya maqsadida tanasining bir qismini va (yoki) tag qismidan (qurigan va kasallangan daraxtlarni) kesish Davlat ekologiya qo‘mitasi organlarining ruxsatnomasi asosida mazkur pasportning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan to‘lovlarsiz amalga oshiriladi. Daraxtlar va butalarning shoxlarini sanitariya maqsadida kesish yoki butashga ruxsatnoma talab etilmaydi.

Daraxtlar va butalarni kesishga binolar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa ob’ektlarni qurish va rekonstruktsiya qilishga, shuningdek, muhandislik tadqiqot ishlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan holatlarda yo‘l qo‘yiladi.

Bunda kesilishi ko‘rsatilgan daraxtlar va butalarni Davlat ekologiya qo‘mitasi boshqa joyga ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqadi. Agar ko‘chirishning imkoni bo‘lmasa Davlat ekologiya qo‘mitasi organlari tomonidan ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi.

 

 

Chat