Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5399 marta o'qildi

Gimnastika sport turlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. 

2023/2024 o‘quv yilidan:

  • bog‘chalarda “Gimnastikaga ilk qadam” dasturi;
  • maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan “Bolalar uchun gimnastika” dasturi joriy qilinadi.

Nukus, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida zamonaviy moddiy-texnika va o‘quv-mashq bazasiga ega bo‘lgan hududiy Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etiladi.

Mazkur Gimnastika markazlari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanib, o‘z faoliyatini 2024/2025 o‘quv yilidan boshlaydi.

Gimnastika markazlari o‘quvchilarining umumiy kontingenti jami 132 nafarni tashkil etib, ular 1–11-sinf o‘quvchilaridan iborat bo‘ladi.

  • Gimnastika markazlarining o‘quv dasturini o‘zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladi.
  • Mazkur diplom berilgan mutaxassislik (trener, trener-selektsioner) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

2023/2024 o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallarida gimnastika bo‘yicha amaldagi o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari 2 baravarga oshiriladi.

2023-yil 1 yanvardan an’anaviy tarzda gimnastika sport turlari bo‘yicha O‘zbekistonda quyidagi musobaqalar o‘tkaziladi
  • gimnastrada sport turi bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida Prezident kubogi;
  • badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida “Yorqin yulduzcha” va kattalar o‘rtasida “Grand Prix Uzbekistan” xalqaro turniri;
  • sport gimnastikasi bo‘yicha “Duxoba yo‘l” xalqaro turniri;
  • trampolin bo‘yicha “Samodan baland” xalqaro turniri;
  • xalqaro gimnastika kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “Gymnastics Day” butun O‘zbekiston ommaviy forumi;
  • umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Xalq ta’limi vaziri kubogi”;
  • gimnastika sport turlari bo‘yicha Xalqaro gimnastika federatsiyasining tasdiqlangan norma va qoidalarida belgilangan yosh toifalari bo‘yicha uch bosqichli (tuman/shahar, hududiy va respublika) chempionatlar va kuboklar.

Chat