
Samarqand viloyatini mamlakatning asosiy turizm markazlaridan biri sifatida rivojlantirish, uni yirik transport-logistika xabiga aylantirish hamda xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.
Bu yo‘nalishda Samarqand xalqaro aeroporti imkoniyatlaridan keng foydalanish, turistlarga axborot xizmatlarini ko‘rsatish va xalqaro aviaqatnovlarni kengaytirish muhim vazifalardan hisoblanadi.
2030-yil 1 yanvarga qadar Samarqand xalqaro aeroportiga muntazam reyslarni amalga oshirish istagida bo‘lgan xorijiy aviakompaniyalar uchun maxsus tartib amal qiladi.
Aeroportni boshqaruvchi xususiy sherik tegishli ruxsatnomani olish uchun Fuqaro aviatsiyasi agentligiga murojaat qilishi mumkin. Taqdim etilgan hujjatlar:
Samarqand xalqaro aeroportida turistlarga hududdagi sayyohlik ob’ektlari, transport, joylashtirish vositalari va boshqa turistik xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot berishga mo‘ljallangan turizm axborot xizmatlarini tashkil etish nazarda tutilgan.