Ixtirolar
Ixtiro sifatida berilgan ob’ekt (qurilma; moddalar; mikroorganizm shtammi), agar u yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa talabnoma asosida Agentlik tomonidan ro‘yxatga olinadi va huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi lozim
- ixtiro muallif(lar)i va nomiga patent berilishi so‘ralayotgan shaxs, shuningdek ularning yashash yoki turar joyi ko‘rsatilib, patent berilishi so‘ralgan ariza;
- ixtironing uni amalga oshirish uchun etarli bo‘lgan darajada to‘liq bayon etilgan tavsifi;
- ixtiro mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga to‘la muvofiq bo‘lgan ixtiro formulasi;
- ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, chizmalar va boshqa materiallar;
- referat;
- talabnomaga belgilangan miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat yoki boj to‘lashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asos bo‘luvchi hujjat ilova qilinadi.
Davlat boji:
- Talabnoma berganlik uchun, patent berishga, rasmiy ekspertiza o‘tkazishga va ma’lumotlarni e’lon qilishga talabnoma berish: bitta ixtiroga - BHMning 1 baravari.
Ixtiro haqidagi talabnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish:
- Qabul qilingan talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran 18 oy o‘tganidan keyin rasmiy axborotnomada e’lon qilinadi.
- Talabnoma beruvchining iltimosnomasiga ko‘ra topshirilgan sanadan e’tiboran 18 oy o‘tguniga qadar ixtiro haqidagi talabnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishi mumkin.
Rasmiy ekspertiza:
Talabnoma topshirilgan sanadan boshlab 2 oy o‘tgandan keyin Agentlik tomonidan o‘tkaziladi.