Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 36040 marta o'qildi

Vazirlik qaysi sohalarga mas’ul?

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi aholi bandligi va mehnat munosabatlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.

Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

  • mehnat bozori, band va ishsiz aholini tahlil qilish, ishsizlarning hisobini yuritish;
  • aholi bandligini ta’minlash dasturlarini shakllantirish va ishsizlarni ishga joylashtirish;
  • kambag‘allik dinamikasini tahlil qilish va oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual rejalarni muvofiqlashtirish;
  • hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • kasbiy standartlar ishlab chiqish, kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish hamda malakani baholash;
  • munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash, mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish.

Ishsiz fuqarolarga qanday ko‘mak ko‘rsatiladi?

Vazirlik aholi bandligini ta’minlash dasturlarini shakllantiradi, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hisobini yuritadi va monitoring qiladi, ishsiz fuqarolarni ish beruvchilar bilan bog‘lash hamda ishga joylashtirish ishlarini tashkil etadi.

Vazirlik tizimiga hududiy kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari, tuman va shahar bo‘limlari, hokim yordamchilari, kasbiy ko‘nikmalar markazlari, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va sohadagi boshqa tashkilotlar kiradi.

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshiriladi?

Vazirlik kambag‘allikning dinamikasi va tarkibini tahlil qiladi, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual rejalar ishlab chiqilishini tashkil etadi va ularning bajarilishini muvofiqlashtiradi.

Hududlarda ushbu yo‘nalishda loyihaviy boshqaruv usuli qo‘llanilib, kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalar infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi daromadini oshirishga qaratilgan choralar amalga oshiriladi.

Vazirlik bilan qanday bog‘lanish mumkin?

Vazirlikning amaldagi manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 8-uy.

Ishonch telefoni: +998 71 200-06-00.

Chat