Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 18723 marta o'qildi

Foydali modellar

Foydali modelь sifatida ko‘rsatilgan ob’ekt, basharti u yangi bo‘lsa va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa Agentlik tomonidan ro‘yxatga olinadi va huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.

Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi lozim

Talabnoma quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga olishi kerak:

  1. foydali modelь muallif(lar)i va nomiga patent berilishi so‘ralayotgan shaxs, shuningdek ularning yashash yoki turar joyi ko‘rsatilib, patent berilishi so‘ralgan ariza;
  2. foydali modelning uni amalga oshirish uchun etarli bo‘lgan darajada to‘liq bayon etilgan tavsifi;
  3. foydali modelь mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga to‘la muvofiq bo‘lgan foydali modelь formulasi;
  4. foydali modelь mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, chizmalar va boshqa materiallar;
  5. referat;
  6. talabnomaga belgilangan miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat yoki boj to‘lashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asos bo‘luvchi hujjat ilova qilinadi.

Davlat boji:

  • Talabnoma berganlik uchun, patent berishga, rasmiy ekspertiza o‘tkazishga va ma’lumotlarni e’lon qilishga talabnoma berish bitta ixtiroga - BHMning 1 baravari

Rasmiy ekspertiza:

  • Talabnoma topshirilgan sanadan boshlab 2 oy o‘tgandan keyin Agentlik tomonidan o‘tkaziladi.
  • Foydali modelь ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasman e’lon qilish:
  • Patent berish ob’ekt ro‘yxatga olinganligi haqidagi ma’lumotlar rasmiy axborotnomada e’lon qilingan sanadan e’tiboran 10 kun o‘tganidan keyin Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Chat