Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8961 marta o'qildi

“Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzuridagi “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (21-son,19.01.2023-y.) qabul qilindi

2023-yil 1-iyundan yoshi 18 dan kichik va 30 dan katta bo‘lmagan, umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotli, biriktirilgan hududda doimiy yashovchi hamda muloqotga kirishuvchan va tashkilotchilik qobiliyatiga ega xotin-qizlarni ko‘ngilli asosda jalb qilish orqali “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyati tashkil etiladi.

Mazkur guruhlarning asosiy vazifalaridan biri o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan qizlarning xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan hamda ularning huquq va manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq masalalarni aniqlashda ko‘maklashish hisoblanadi. 

Guruhlar respublikaning barcha tuman (shahar)larida 2 nafardan (kriminogen vaziyat og‘ir bo‘lgan tuman (shahar)larda 3 nafardan) ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzurida shakllantiriladi. 

Guruh a’zolari 1 yil davomida o‘qish va ish jarayoniga salbiy ta’sir etmagan holda umumiy 360 soat vaqt mobaynida faoliyat olib boradi.

Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga va xotin- qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga munosib hissa qo‘shgan “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari a’zolariga Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘ining tavsiyanomasiga asosan huquq-tartibot organlarining OTMga  saralashning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng yakka tartibdagi suhbatsiz (test sinovlarisiz) kvota asosida o‘qishga kirish huquqi beriladi. 

Tavsiyanoma berilgan nomzodlar soni belgilangan kvotadan ko‘p bo‘lgan taqdirda, ularni o‘qishga qabul qilish tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib, ajratilgan qabul kvotalari doirasida ketma-ketlik tartibida taqsimlangan holda amalga oshiriladi.

Chat