Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4780 marta o'qildi

“Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–92-son, 19.01.2022-y.) qabul qilindi.

  • Qarorga ko‘ra,har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar etakchisi lavozimi joriy etiladi.
  • Yoshlar etakchisi, jumladan, “Yoshlar balansi”ni shakllantirib, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib boradi.
  • Qarorga ko‘ra, har bir mahallada “Bir nuroniyga o‘n nafar yosh”, “Keksa avlod uchrashuvlari” loyihalari amalga oshiriladi.
  • Har chorakda mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat bo‘yicha eng ilg‘or 100 nafar Etakchilar bir oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
  • Shuningdek, faoliyatini samarali tashkil etayotgan, o‘zining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna bo‘layotgan va ularga etakchilik qilayotgan Etakchilar “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.
  • 2022-yil 1-martdan Etakchining tavsiyasi asosida yoshlarga tegishli yordam turlari (13 ta) beriladi.

Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:

  • Vazirlar Mahkamasida Yoshlar ishlari sho‘’basi;
  • Yoshlar ishlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari tuzilmalarida mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash bo‘linmalari.

Davlat OTM va ularning filiallaridagi yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorga (direktor o‘rinbosariga) birinchi prorektor (direktorning birinchi o‘rinbosari) maqomi beriladi.

  • Etakchi lavozimiga nomzodlar tumanlar (shaharlar) hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalarini shakllantirish orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi.

Etakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilanadi:

  • xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida;
  • xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – MHEKMning 5,5 baravari miqdorida;
  • xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – MHEKMning 6 baravari miqdorida.

Boshqa hududlardan kelib ishlayotgan Etakchi uchun BHMning 2 baravarigacha miqdorda turar joy ijara to‘lovi qoplab beriladi.

  • Shuningdek, yil yakuni bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan Etakchilarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida subsidiya beriladi.

Etakchi lavozimiga ishga qabul qilingan shaxslarning harbiy va maxsus unvonlari saqlab qolinadi.

Chat