Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2843 marta o'qildi

Davlat fuqarolik xizmatchisi O‘zbekistondan tashqaridagi xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olishi mumkin.


O‘zbekistondagi boshqa xizmat safarlarida sovg‘a olish mumkin emas.

Davlat fuqarolik xizmatchisi oladigan sovg‘a quyidagi talablarga javob berishi kerak:
  • milliy qonunchiligimizda taqiqlanmagan ashyolar bo‘lishi;
  • sovg‘a xalqaro va boshqa rasmiy tadbirda ixtiyoriy berilgan bo‘lishi;
  • sovg‘a ochiq va oshkora qabul qilinishi;
  • davlat organining obro‘siga putur etkazmasligi;
  • manfaatlar to‘qnashuvi yoki korruptsiyaviy omilni keltirib chiqarmasligi.

Davlat fuqarolik xizmatchisi sovg‘ani tadbirdan kelgandan so‘ng 3 ish kunida xo‘jalik bo‘limiga beradi va bunda dalolatnoma tuziladi.

Sovg‘aning qiymati aniq bo‘lmasa, xo‘jalik bo‘limi uni baholaydi va uning qiymati BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmasa, sovg‘a davlat fuqarolik xizmatchisiga beriladi.

Sovg‘a qiymati BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lsa, u moliya-iqtisod bo‘linmasi tomonidan davlat organi balansiga kirim qilinadi hamda davlat organi ehtiyoji uchun foydalaniladi. 

Tez yaroqsiz holga keluvchi sovg‘alar (gul, shirinliklar), shuningdek kantselyariya to‘plamlari (taqvim, buklet, plastmassali ruchka, kundalik va bloknot) sovg‘a sifatida rasmiylashtirilmaydi hamda ushbu sovg‘alar davlat fuqarolik xizmatchisida qoldiriladi.

Mazkur nizom talablari barcha davlat fuqarolik xizmatchilari uchun majburiy hisoblanadi.

Chat