Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5157 marta o'qildi

Ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mezonlari texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilot xodimlarining soni yoki shtati o‘zgarganligi sababli yoki tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilganligi munosabati bilan o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi nazarda tutilayotgan xodimlar sonining ko‘rsatkichlaridan iboratdir.

Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mezonlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
  • a) xodimlarining soni 20 nafar va undan ortiq bo‘lgan har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi tashkilotni (uning alohida bo‘linmasini) tugatish;
  • b) xodimlar sonining (shtatining) quyidagi miqdorda:
  • 30 kalendarь kun ichida 50 nafar va undan ortiq xodimning;
  • 60 kalendarь kun ichida 200 nafar va undan ortiq xodimning;
  • 90 kalendarь kun ichida 500 nafar va undan ortiq xodimning qisqarishi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi qarorlarni ushbu kechiktirish keltirib chiqargan yo‘qotishlarni ish beruvchiga bir vaqtning o‘zida qisman yoki to‘liq kompensatsiya qilish orqali 6 oy muddatgacha to‘xtatib turishi mumkin.

Ish beruvchi xodimlarni kelgusida ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi axborotni ushbu Kodeksning 166-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda mehnat organining hamda hududiy yoki tarmoq kasaba uyushmalari birlashmalarining e’tiboriga etkazishi shart. Mehnat organlari mazkur axborotni olgach, ishdan bo‘shatilayotgan xodimlarni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ishga joylashtirish choralarini ko‘rishi shart.

Ish beruvchi malaka talablari hisobga olingan holda zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan yuboriladigan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishi shart.

Mehnat shartnomasi quyidagi asoslar bo‘yicha bekor qilingan taqdirda, ish qidirish davrida o‘rtacha oylik ish haqining ishdan bo‘shatish nafaqasi hisobga olingan holda, biroq ko‘pi bilan 2 oyga saqlanib qolishi xodimlar uchun kafolatlanadi:
  • xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi;
  • xodim ish beruvchi bilan birga ishlash uchun boshqa joyga ko‘chishni rad etganligi;
  • xodim sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holati bo‘yicha o‘ziga qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmagan boshqa ishga o‘tishni rad etganligi yoki ish beruvchida tegishli ish mavjud emasligi;
  • texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi sababli tashkilot xodimlarining soni yoki shtati o‘zgarganligi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarganligi;
  • tashkilotning (uning alohida bo‘linmasining) o‘z ta’sischilari (ishtirokchilari) qaroriga ko‘ra tugatilganligi yoxud ta’sis hujjatlari bilan shunga vakolatli bo‘lgan yuridik shaxs organining qaroriga ko‘ra tugatilganligi;
  • bajarayotgan ishiga malakasi etarli emasligi oqibatida noloyiq ekanligi;
  • shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning ishga tiklanganligi;
  • sudning tashkilotni tugatish to‘g‘risidagi qarori qonuniy kuchga kirganligi.
  • Batafsil.

Chat