Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4179 marta o'qildi

Referendum o‘tkaziladigan kunga qadar yoki referendum kunida 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish huquqiga egadir.

O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi referendumda ishtirok etishga to‘la haqlidir.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar referendumda ishtirok etish huquqiga ega emaslar.

Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatiga qarab fuqarolarning referendumda qatnashish huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash man etiladi.

  • Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda qatnashayotgan davlat organlari va jamoat birlashmalari o‘z faoliyatlarini oshkora amalga oshiradilar.
  • Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni referendum o‘tkazuvchi komissiyalar amalga oshiradilar. Ular fuqarolarni o‘z ishlaridan, okruglar, ovoz berish uchastkalari tuzilganligi, komissiyalarning tarkibi, ularning joylashgan manzili va ish vaqtidan voqif etadilar, ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari bilan tanishtiradilar, ovoz berish yakunlaridan xabardor qiladilar.
  • O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari referendumga tayyorgarlikning borishi va u qanday o‘tayotganligini yoritib boradilar.
Chat