Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2635 marta o'qildi

Referendumni tashkil etish va o‘tkazish quyidagi komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi:
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi;
  • referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari;
  • referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari.

Referendum o‘tkazish bilan bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyat, tuman va shahar hokimiyat vakillik organlariga saylovlar o‘tkaziladigan bo‘lsa, referendumni o‘tkazish tegishli saylov komissiyalari zimmasiga yuklanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi:
  • O‘zbekiston Respublikasida referendum o‘tkazish uchun tashkil etiladigan referendum o‘tkazuvchi komissiyalar tizimiga boshchilik qiladi, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Qonunning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xilda qo‘llanilishini ta’minlaydi;
  • referendum o‘tkazuvchi komissiyalar faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi, referendumni tashkil etish masalalari yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, yo‘riqnomalar chiqaradi, nizomlarni tasdiqlaydi va tushuntirishlar beradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron ro‘yxatidan foydalanishga doir faoliyatga umumiy rahbarlikni va bu faoliyatni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
  • referendumni o‘tkazuvchi okruglarni tuzadi;
  • O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum uchastkalarini tegishli okruglarga biriktirish to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi; Batafsil.

Chat