Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2645 marta o'qildi

Chet davlatlarda turgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalariga ularni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida referendumdan 15 kun oldin yozma shaklda yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari chet davlatlarda turgan fuqarolarning ularni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi murojaatida ko‘rsatilgan shaxsga doir ma’lumotlarini 3 kun ichida tekshiradi va fuqaroni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritish haqidagi masalani hal qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni darhol O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni darhol O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga tegishli tuzatishlar kiritish uchun taqdim etadi.

Chat