Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 20272 marta o'qildi

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda xodimlar tomonidan mehnat majburiyatlarining yoki boshqa majburiyatlarning bajarilishi bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplash maqsadida belgilangan pul to‘lovlari kompensatsiya to‘lovlaridir.

Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart:
  • xizmat safarlarida bo‘lganda;
  • sayyor va ko‘chib yurish xususiyatiga ega ishlarda, shuningdek dala sharoitlarida yoki vaxta usulida ishlaganda;
  • ish beruvchi bilan oldindan kelishuvga ko‘ra boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tganda;
  • ish beruvchining yo‘llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tganda;
  • ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolganda;
  • xodim majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi munosabati bilan;
  • xodim ushbu Kodeks 234-moddasi birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq foydalanmagan yillik mehnat ta’tili uchun;
  • ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida xodimni ogohlantirish muddati mutanosib pul kompensatsiyasi bilan almashtirilishi munosabati bilan.

 

Chat