Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11104 marta o'qildi

Qambag‘allikni qisqartirish va bandlik Vazirligining Davlat mehnat inspektsiyasi - mehnatni muhofaza qilish, bandlik sohalarda davlat nazorati bilan shug‘ullanadi.

  • Ish beruvchilar o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida mehnat, aholi bandligi, mehnat muhofazasi, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish, jumladan, ularga ijtimoiy infratuzilma ob’ektlaridan to‘sqinliksiz foydalanish, shuningdek, barcha turdagi transportlardan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalaniladigan aloqa va axborot vositalaridan foydalanish uchun mehnat shart-sharoitlarini yaratish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, mehnat huquqi normalariga ega boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi masalalariga doir texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda mehnat standartlari talablariga rioya etish mehnat va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratining predmeti hisoblanadi.

Qo‘yidagilar Inspektsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Inspektsiyaning funktsiyalari.

Inspektsiya qo‘yidagi huquqlarga ega:
  • davlat organlari va boshqa organlar, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslaridan nazorat funktsiyalarini bajarish uchun zarur hujjatlar, izohlar, axborot, statistik ma’lumotlar va ma’lumotnomalar olish;
  • ishlab chiqarish jarayonidagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini o‘rganish, ishlab chiqarish jarayonida jarohat olish bilan bog‘liq, shuningdek, mehnat sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi hamda Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasidan so‘rash va olish;
  • fuqarolarning mehnat huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish hamda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari bajarilishini kameral nazorat qiladi;
    davlat organlari va boshqa organlarga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek, fuqarolar-ish beruvchilarga bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
    davlat tashkilotlari va muassasalarining mehnat va mehnatni muhofaza qilish, aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishini tekshirish va o‘rganish va boshqalar.

Kontakt ma’lumotlar:

  • Adres: Uzbekiston Respublikasi, 100100, Toshkent shaxar, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 15-uy
  • Orientir: Mirobod tumani FHDYo ro‘parasida
  • Telefon : (71) 200-06-00
  • Ishonch telefoni: (71) 239-41-12
  • Elektron pochta: inspektor@mehnat.uz.

Mehnat munosabatlari sohasida huquqbuzarlikga duch kelsangiz, ushbu havola orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Chat