Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 17454 marta o'qildi

Mehnatni muhofaza qilish mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari va vositalari tizimidir.

Ish beruvchilar xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini ta’minlashi shart.

Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ushbu Kodeksda, boshqa qonunchilik hujjatlarida, shuningdek mehnatni muhofaza qilish masalalariga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi.

Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar mehnat faoliyati jarayonida xodimning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan qoidalarni, tartib-taomillarni va mezonlarni belgilaydi.

Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruktsiya qilish), ulardan foydalanish, mashinalarni, mexanizmlarni va boshqa jihozlarni konstruktsiya qilish, texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish, shuningdek o‘zga turdagi faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart.

Xodimlarning shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari mehnatni muhofaza qilishga doir talablarga mos kelishi hamda muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi shart.

Mehnatni muhofaza qilishga oid tadbirlar uchun ish beruvchi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar va materiallar:
  • Mehnatni muhofaza qilishga oid tadbirlarni o‘tkazish uchun ish beruvchi tomonidan zarur mablag‘lar va materiallar ajratiladi. Bu mablag‘lar va materiallarni boshqa maqsadlarga sarflash taqiqlanadi. Mazkur mablag‘lar va materiallardan foydalanish tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra ish beruvchi tomonidan belgilanadi.
  • Mehnatni muhofaza qilishga oid tadbirlarni o‘tkazish uchun ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish fondini tashkil etishga haqli.
  • Xodimlar mehnatni muhofaza qilishga oid tadbirlar o‘tkazilishi munosabati bilan chiqimdor bo‘lmaydi.
  • Mehnat jamoalari, kasaba uyushmasi qo‘mitalari mehnatni muhofaza qilishga oid tadbirlarni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar va materiallardan foydalanilishini nazorat qiladi.

Ish beruvchi tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda u ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Chat