Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8408 marta o'qildi

Xodim quyidagi huquqlarga ega:
  • normativ-huquqiy hujjatlar talablariga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga mos ish joyiga ega bo‘lish;
  • ish beruvchidan mehnat sharoitlari to‘g‘risida, shu jumladan kasb kasalliklariga va boshqa kasalliklarga chalinish xavfi, shu tufayli o‘ziga berilishi lozim bo‘lgan imtiyozlar va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari haqida axborot olish;
  • mehnatni muhofaza qilishning belgilangan normalariga va talablariga muvofiq ish beruvchining mablag‘lari hisobidan shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanish;
  • qonunchilikda belgilangan tartibda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtalanish;
  • mehnatni muhofaza qilish talablari buzilganligi oqibatida o‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf yuzaga kelgan taqdirda bunday xavf bartaraf etilguniga qadar ishlarni bajarishni rad etish;
  • mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organ tomonidan o‘z ish joyidagi mehnat sharoitlarini va mehnatni muhofaza qilishni tekshiruvdan o‘tkazishni so‘rash;
  • ish beruvchining mablag‘lari hisobidan mehnatning xavfsiz uslublari va usullari bo‘yicha o‘qish;
  • qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalar olish;
  • va boshqalar

Mehnatni muhofaza qilish talablariga mos keladigan sharoitlarni ta’minlash kafolatlari:
  • Davlat xodimlarga mehnatni muhofaza qilish talablariga mos keladigan sharoitlarda mehnat qilish huquqi himoya qilinishini kafolatlaydi.
  • Mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlari mehnatni muhofaza qilish talablariga mos kelishi kerak.
  • Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar buzilganligi tufayli ish beruvchining faoliyati to‘xtatilgan vaqtda xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi. Bu vaqtda xodim bajarayotgan ishi bo‘yicha mehnatiga haq to‘langan holda, lekin avvalgi ish bo‘yicha o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘langan holda o‘z roziligi bilan ish beruvchi tomonidan boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin.
  • Xodim o‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf yuzaga kelganda ishni bajarishni rad etgan taqdirda, ish beruvchi bunday xavf bartaraf etilguniga qadar xodimga boshqa ish berishi shart.
  • Batafsil.

Xodimni sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgan ishga qabul qilish va boshqa ishga o‘tkazish taqiqlanadi.

Xodimni uning hayotiga va sog‘lig‘iga yuqori darajadagi xavf ehtimoli oldindan ma’lum bo‘lgan ishga qabul qilayotganda hamda o‘tkazayotganda ish beruvchi uni bu haqda ogohlantirishi shart.

Xodim ish jarayonida o‘z hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid soladigan holatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida ish beruvchini darhol xabardor qilib, o‘z hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar bartaraf etilguniga qadar tegishli ishni bajarishni rad etishga haqli. Ana shu davr mobaynida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.

Ish beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
  • xodimlardan mehnatni muhofaza qilish va ishlarni bexatar olib borishga doir normalarga, qoidalarga hamda yo‘riqnomalarga rioya etilishini talab qilish;
  • alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatini tekshirish uchun xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
  • xodimlarning ishlab chiqarishda olgan jarohatlarining og‘ir-engilligi, ularda jarohatlanishga olib kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklar bor-yo‘qligi, shuningdek alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida bo‘lgan-bo‘lmaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar olish;
  • mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga yoki bevosita sudga shikoyat qilish;
  • mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etganlik uchun xodimlarni mukofotlash va moddiy rag‘batlantirish choralarini ko‘rish;
  • Batafsil.

Chat