Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3949 marta o'qildi

Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat ko‘rsatish normalari avvalgi ishlaridagi o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda kamaytiriladi yoki ular engilroq ishga yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan ishga o‘tkaziladi.

Ishlab chiqarish normalarini kamaytirish, shuningdek vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish muddatlari tibbiy xulosaga muvofiq belgilanadi.

Homilador ayolga engilroq ish yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta’siridan xoli bo‘lgan ish berish masalasi hal etilguniga qadar, u buning oqibatida qoldirilgan barcha ish kunlari uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etilishi lozim.

Chat