Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5323 marta o'qildi

Boshqa ish beruvchiga (asosiy ish joyidan tashqari) o‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar quyidagilarni taqdim etishi shart:

  • pasportni yoxud uning o‘rnini bosuvchi hujjatni yoki identifikatsiya ID-kartasini;
  • asosiy ish joyidan O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha ma’lumotnomani;
  • bajarilishi uchun qonunchilikka muvofiq faqat muayyan ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ishga o‘rindoshlik asosida qabul qilishda asosiy ish joyidagi mehnat daftarchasining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani;
  • diplomni, guvohnomani (sertifikatni) yoki ta’lim to‘g‘risidagi yoki kasbiy tayyorgarlik haqidagi boshqa hujjatni, agar bunday ish maxsus bilimlarni yoxud maxsus tayyorgarlikni talab qilsa;
  • mehnat sharoitlari zararli va (yoki) xavfli bo‘lgan ishga qabul qilish chog‘ida asosiy ish joyidan mehnatning xususiyati va shartlari to‘g‘risidagi olingan ma’lumotnomani;
  • jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasini.

Ichki o‘rindoshlik shartlari asosida ishga qabul qilish chog‘ida ish beruvchi xodimdan biror-bir hujjatni taqdim etishni talab qilishga haqli emas, agar mazkur ish maxsus bilim yoxud maxsus tayyorgarlikni talab qilsa va ilgari bu hujjatlar xodim tomonidan taqdim etilmagan bo‘lsa, bundan diplomni, guvohnomani (sertifikatni) yoki ta’lim to‘g‘risidagi yoxud kasbiy tayyorgarlik haqidagi boshqa hujjatni talab qilish mustasno.

O‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish chog‘ida Mehnat Kodeksida, boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Chat