Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4623 marta o'qildi

Xodimni masofadan turib ishlashga qabul qilish va o‘tkazish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Masofadan turib ishlash to‘g‘risidagi mehnat shartnomasi xodimni masofadan turib ishlashga nomuayyan muddatga yoki muddatli mehnat shartnomasiga ko‘ra qabul qilish haqidagi ish beruvchining buyrug‘i e’lon qilinishi uchun asosdir. Masofadan turib ishlovchi xodim bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzishga Mehnat Kodeksida nazarda tutilgan cheklovlarga amal qilgan holda yo‘l qo‘yiladi.

Mehnat shartnomasiga doir qo‘shimcha kelishuv doimiy ravishda masofadan turib ishlashga o‘tish to‘g‘risida buyruqni e’lon qilish uchun asos bo‘ladi.

Xodimning vaqtincha masofadan turib ishlashga o‘tishi haqida buyruqni e’lon qilish uchun xodimning masofadan turib ishlashga o‘tishga va ishni masofadan turib bajarish rejimi shartlariga roziligini aks ettiradigan arizasi asos bo‘ladi.

Vaqtincha masofadan turib ishlashga o‘tishga yoki masofadan ishlashga o‘tkazishga doir ustuvor huquqqa ega bo‘lgan xodimlarning toifalari:
  • homilador ayollar;
  • 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalari, vasiylari;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • yoshga doir pensionerlar;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarni yoki oilaning o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan bemor a’zolarini parvarishlayotgan xodimlar.

Chat