Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4114 marta o'qildi

Transport vositalarini boshqarish yoki transport vositalarining harakatlanishini boshqarish bilan shug‘ullanuvchi xodimlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan transport vositalarini boshqarish yoki transport vositalarining harakatlanishini boshqarish bilan bevosita bog‘liq ishlar, kasblar, lavozimlar ro‘yxatiga muvofiq boshqa xodimlar transport xodimlaridir.

Ishga kasbiy tayyorgarlikdan o‘tgan va kasbiy tayyorgarlikdan o‘tganligi tegishli hujjat (diplom, shahodatnoma, guvohnoma va hokazo) bilan tasdiqlangan shaxslar qabul qilinadi.


Transport xodimlari ishga qabul qilinish chog‘ida (dastlabki) va ish jarayonida (davriy) majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tadi.

Transport xodimlariga transport vositalarini boshqarish yoki transport vositalarining harakatlanishini boshqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ishda o‘rindoshlik asosida ishlashga ruxsat etilmaydi.

  • Transport xodimlarining mehnatini qo‘llash chog‘ida ish beruvchilar mazkur xodimlar uchun qonunchilikda belgilangan ish vaqti va dam olish vaqti rejimining, mehnat sharoitlarining o‘ziga xos xususiyatlariga rioya etishi shart.

Transport xodimlarining intizomi Mehnat Kodeksida, boshqa qonunlarda, shuningdek intizom to‘g‘risidagi ustavlarda (nizomlarda) tartibga solinadi.

Chat