Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7506 marta o'qildi

Xodimning mehnat huquqlarini himoya qilishga doir huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Xodimning mehnat huquqlarini himoya qilishga doir huquqini amalga oshirishni rad etishi to‘g‘risidagi yozma yoki og‘zaki majburiyatlari haqiqiy emas.

Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  • mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomalari shartlari buzilishining oldini olishni va (yoki) ularga barham berishni;
  • xodimning buzilgan huquqlarini tiklashni;
  • xodimning mehnat huquqlari buzilganligi munosabati bilan unga etkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplashni va (yoki) ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilishni;
  • xodimning mehnat huquqlarini buzganlikda aybdor ish beruvchilarning va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligini.

Mehnat huquqlarini himoya qilishning asosiy usullari quyidagilardan iborat:
  • xodimlarning mehnat huquqlarini o‘zi himoya qilishidan;
  • mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati hamda tekshiruvidan;
  • mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratidan;
  • mehnat huquqlarining yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari orqali himoya qilishdan;
  • mehnat huquqlarining mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organlar tomonidan himoya qilishdan.

Xodimlarga mehnat huquqlarini himoya qilish usulini tanlash, qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan o‘z mehnat huquqlarini himoya qilish huquqi kafolatlanadi.

O‘zini o‘zi himoya qilish shakllari.

Chat