Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6395 marta o'qildi

Qonunchilikka ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslarga g‘amxo‘rlik qiluvchi (yo‘lda kuzatib boruvchi) fuqarolar ham bir qancha imtiyozlarga ega:

  • davlat xizmatlari markazlari, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat muassasalarida fuqarolarning bevosita hozirligida ko‘rsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanishi, davlat idoralari rahbarlari qabuliga navbatsiz kirishi mumkin;
  • tibbiyot muassasalarida davolanayotgan nogironligi bo‘lgan bolaga g‘amxo‘rlik qilish uchun shu muassasada uning otasi yoki onasiga  yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa a’zosiga nogironligi bo‘lgan bolaning yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratiladi.

Statsionar tibbiyot muassasalarida nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlayotgan shaxsga mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.         

Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga g‘amxo‘rlik qiluvchi shaxslar  davolash davrida davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bepul ovqatlanishi mumkin.

Chat