Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3881 marta o'qildi

Qarorga ko‘ra, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi doirasida:

2024-yil 1 yanvardan aholiga yo‘l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shu jumladan avtomototransportlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ularning oldi-sotdi shartnomalari va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlarni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda ariza beruvchilardan mazkur hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

2024-yil 1-martdan notarial idoraga kelmasdan, shu jumladan chet eldan turib mol-mulkdan foydalanish bilan bog‘liq bitimlarni (mulk huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishdan tashqari) elektron raqamli imzodan foydalanib, videokonferentsaloqa orqali rasmiylashtirish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

2024-yil 1 yanvardan bosqichma-bosqich barcha shahar va tumanlarda “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etiladi.

2024-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 10 trillion so‘m, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun kamida 4 trillion so‘m yo‘naltiriladi. 

2024-yil yakunigacha qonunda belgilangan asoslarda tezkor-qidiruv va tergov harakatlariga sanktsiya berish masalasini alohida sudьyalar – tergov sudьyalari tomonidan ko‘rib chiqish tartibi joriy etiladi.

2024-yil 1 yanvardan quyidagi tartiblar joriy etiladi: 

  • birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsni, agar u sud maslahatxonaga kirguniga qadar soliqlar va yig‘imlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanktsiyalar tarzida davlatga etkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilish;
  • tadbirkorlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan har bir jinoyat ishi bo‘yicha tergov hamda sud jarayonida tegishli mansabdor shaxs jinoyat ishi materiallarini ish yurituviga qabul qilgan vaqtdan tadbirkorni himoya qilishga Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, tadbirkorlik sub’ekti a’zo hisoblangan boshqa tashkilotni jamoat himoyachisi sifatida jalb etish (xabar qilish).

2024-yil 1 yanvardan aholi punktlarida barcha yangi qurilayotgan ikki va undan ortiq polosali avtomobilь yo‘llarida piyodalar o‘tish yo‘laklarini svetoforlar bilan to‘liq jihozlash majburiy etib belgilanadi.

Chat