Agar qonun bo‘yicha merosxo‘r meros ochilgunga qadar vafot etgan bo‘lsa, unga tegishi lozim bo‘lgan ulush uning tegishli avlodlariga o‘tadi. Ulush taqdim qilinayotgan merosxo‘r bilan bir xil darajada qarindosh bo‘lgan avlodlar o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Bola, nevara, chevara va evara vorisligida qarindoshlik darajasi cheklanmaydi. Yon qarindoshlikda:
Muhim: merosxo‘r meros ochilganidan keyin, uni qabul qilishga ulgurmasdan vafot etsa, bu taqdim qilish huquqi emas, balki meros transmissiyasi hisoblanadi.
Guvohnoma taqdim qilish huquqi asosida vorislikka chaqirilgan va merosni qabul qilgan shaxslarga beriladi. Voyaga etmagan yoki muomala layoqati cheklangan shaxslar nomidan ularning qonuniy vakillari ishtirok etadi.
Qoida tariqasida:
Guvohnoma, odatda, meros ochilganidan olti oy o‘tgach beriladi. Boshqa merosxo‘rlar yo‘qligi aniq bo‘lsa, muddatidan oldin berilishi mumkin.
Davlat boji ko‘chmas mulk yoki avtomototransport vositasining har biri uchun BHMning 50 foizi, boshqa mol-mulk uchun BHMning 30 foizi miqdorida undiriladi. Qo‘shimcha huquqiy va texnik harakatlar uchun alohida haq hisoblanishi mumkin.
Tartib Fuqarolik kodeksining 1140 va 1146-moddalari, «Notariat to‘g‘risida»gi Qonun, Notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma va «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonun bilan belgilangan.