Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3475 marta o'qildi

Yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari jamoaviy mehnat nizosini dastlab yarashtirish komissiyasida, unda kelishuvga erishilmaganda esa mehnat arbitrajida, shuningdek taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra mediatsiya tartib-taomillarini qo‘llagan holda tadrijiy hal etishdan (tartibga solishdan) iboratdir.

Yarashtirish komissiyasi jamoaviy mehnat nizosini taraflarni yarashtirish yo‘li bilan hal etish (tartibga solish) uchun ish beruvchi va xodimlar (ularning vakillari) o‘rtasidagi kelishuv asosida tuziladigan organdir.

  • Ish beruvchilar xodimlarning o‘zlariga yuborilgan talablarini ko‘rib chiqish uchun qabul qilishi shart.
  • Ish beruvchi qabul qilingan qaror to‘g‘risida kasaba uyushmasi qo‘mitasiga xodimlarning talablari olingan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida yozma shaklda xabar beradi.
  • Ish beruvchilarning (ish beruvchilar birlashmalarining) vakillari kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, agar tegishli darajada kasaba uyushmalari mavjud bo‘lmasa, xodimlar boshqa birlashmalarining o‘zlariga yuborilgan talablarini ko‘rib chiqishi va qabul qilingan qaror haqida ularga ko‘rsatilgan talablar olingan kundan e’tiboran 1 oy ichida xabar berishi shart.

Nizoni hal etish (tartibga solish) jarayonida jamoaviy mehnat nizosi taraflari erishgan kelishuvlar yozma shaklda rasmiylashtiriladi va jamoaviy mehnat nizosi taraflari uchun majburiy kuchga ega. Ularning bajarilishi ustidan nazorat jamoaviy mehnat nizosining taraflari, shuningdek mehnat nizolarini tartibga solish bo‘yicha davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Chat