Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5659 marta o'qildi

Harbiy xizmatga yaroqli, shu jumladan cheklovlar bilan yaroqli bo‘lgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadilar.

  • Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat hududiy printsip asosida oylik yig‘inlar tarzida tashkil etiladi hamda chaqiriluvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining maxsus hisobvarag‘iga pul badallari kiritilishini nazarda tutadi.
  • Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga shaxslar 27 yoshga to‘lgunga qadar olinadilar va har yilgi harbiy yig‘inlarga jalb etilishlari mumkin, favqulodda vaziyatlar yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz ro‘y bergan taqdirda esa haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladilar.
  • Safarbarlik chaqiruvi rezervida oylik yig‘inni o‘tagan fuqarolar Qurolli Kuchlar rezerviga o‘tkaziladilar.

Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar to‘laydigan pul badallari miqdori va ularni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan alohida nizom bilan belgilanadi. Bu mablag‘lar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatchilar bilan yig‘inlarni o‘tkazishga bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplashga, qaysi tegishli vazirliklar va idoralarda muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘sha vazirliklar va idoralarning muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilari harbiy xizmatdan bo‘shatilganida xizmatdan bo‘shatish nafaqasini to‘lashga, yig‘inlar ma’muriyatining ta’minotiga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlashga, shu jumladan binolarni ta’mirlash va qurishga, mudofaa ishlari organlaridagi safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatchilarni hisobga oluvchi xodimlarning ta’minotiga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun qurol-yarog‘, harbiy-texnika mol-mulki va o‘q-dorilarni xarid qilishga maqsadli tartibda yo‘naltiriladi.

Chat