Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1834 marta o'qildi

Rezervchilar xizmati haqiqiy harbiy xizmatni, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar jumlasidan bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar uchun Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish, shuningdek urush davri taqozo etadigan tuzilmalarni kuchaytirish maqsadida umumiy harbiy majburiyat asosida joriy etiladigan harbiy xizmat turidir.

Rezervchilar sifatida xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatga majburlar tinchlik davrida, qoida tariqasida, qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini saqlab turish, rezervchilarning harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha majburiyatlarni tinchlik va urush davrida bajarishi uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarini saqlab qolish va takomillashtirish maqsadida harbiy qismlar bazasida hududiy printsip asosida tashkil etiladigan harbiy tayyorgarlik bo‘yicha harbiy yig‘inlarni o‘tashga jalb etilishlari mumkin.

Harbiy yig‘inlarning muddati

Rezervchilardan urush davrida ham, tinchlik davrida ham O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz tahdidi va mamlakat xavfsizligiga tahdid tug‘ilganida, tabiiy ofatlar hamda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan qo‘shilmalar va qismlar tarkibida jangovar maqsadlar bo‘yicha foydalanilishi mumkin.

Chat