Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining umumiy rahbarligi ostida o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash ishlari moliyalashtirilishi hamda moddiy-texnika jihatidan ta’minlanishini amalga oshiradilar, o‘quv-moddiy bazasini barpo etadilar, bunday tayyorgarlikning tashkil etilishi uchun javobgar bo‘ladilar.
Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlashning tashkil etilishini, amalga oshirilishini va natijalarini nazorat qilib borish, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni uslubiy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, shu jumladan fuqaro muhofazasi va tibbiy bilim asoslari bo‘yicha tayyorgarlik o‘quv dasturidagi majburiy fan bo‘lib, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar tayyorgarlik o‘qituvchilari tomonidan bitirish yili arafasidagi kurslardan yoki sinflardan boshlab o‘tiladi.
Chaqiruvga qadar tayyorgarlik darajasi past bo‘lgan chaqiriluvchilar chaqirilishdan oldin qo‘shimcha ravishda bunday tayyorgarlikdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan mudofaa-sport sog‘lomlashtirish lagerlarida o‘tishlari mumkin.
Chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi
Chaqiriluvchilarning harbiy xizmatga tayyorgarlik ko‘rishdagi kafolatlari
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni