Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2373 marta o'qildi

Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan yiliga bir marta — mart — aprelь oylarida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori chaqiruv boshlanishiga kamida bir oy qolganida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilinganidan keyin chaqiriluvchilar, shu jumladan vaqtincha ro‘yxatda turgan, chaqiriluvchilar chaqiruv qog‘ozida ko‘rsatilgan muddatda chaqiruv punktida hozir bo‘lishi shart. Muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tamagan va harbiy ro‘yxatda turmagan chaqirilish yoshidagi fuqarolar, shuningdek doimiy turar joyidan vaqtincha boshqa joyga jo‘nab ketgan va o‘sha erda harbiy ro‘yxatda turmagan chaqiriluvchilar turar joylaridagi mudofaa ishlari organlarida hozir bo‘lishi shart.

Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va ta’lim muassasalarining rahbarlari xizmat safarida bo‘lgan chaqiriluvchilarni chaqirtirib olishlari va ularning chaqiruv uchastkasida o‘z vaqtida hozir bo‘lishini ta’minlashlari shart.

O‘n sakkiz yoshga to‘lgan va yoshi o‘n sakkizdan oshgan chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxatda turish joyini o‘zgartirishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi chaqiruv to‘g‘risidagi qarori e’lon qilinguniga qadar yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilinganidan keyin chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatda turish joyini faqat quyidagi hollarda o‘zgartirishi mumkin:

  • boshqa joydagi ishga o‘tkazilgan bo‘lsa;
  • yangi turar joyga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa;
  • ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgan va ta’lim olishni davom ettirish uchun ketayotgan bo‘lsa.

 Asoslar mavjud bo‘lsa, mudofaa ishlari organiga taqdim etiladigan tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.

Fuqarolar mudofaa ishlari organlari tomonidan belgilangan muddatlarda chaqiruv uchastkalarida hozir bo‘lmaganda quyidagilar uzrli sabab hisoblanadi:

  • fuqaroning chaqiruv uchastkasiga kelishiga imkon bermagan kasalligi;
  • yaqin qarindoshining (otasi, onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, xotini, bolasi) vafot etganligi yoki og‘ir kasalligi;
  • fuqaroga bog‘liq bo‘lmagan holda, uning chaqiruv uchastkasiga kelishiga imkon bermagan tabiiy ofat yoki boshqa holatlar.

Hozir bo‘lmaganlik sabablari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.

Tinchlik davrida quyidagilar muddatli harbiy xizmatga chaqirilmaydi:

  • ushbu Qonunning 21 va 22-moddalariga muvofiq chaqirilish muddati kechiktirilgan va chaqirilishdan ozod etilgan shaxslar;
  • ishi yuzasidan surishtiruv yoki dastlabki tergov olib borilayotgan yoki jinoyat ishi sudda ko‘rilayotgan shaxslar

Chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar

Chat