Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4570 marta o'qildi

Yuqori professional tayyorgarlikka va katta ish tajribasiga ega fuqarolar ham kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga etguniga qadar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinishi mumkin.

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga quyidagi talablarga javob beruvchi fuqarolar kiradi:
  • 30 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar va ayollar, shuningdek muddatli harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga;
  • muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan oddiy askarlar va serjantlar tarkibidagi qirq yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga;
  • muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan va oliy ma’lumotga ega 30 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar — oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlariga;
  • 17 yoshdan 23 bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili 17 yoshga to‘ladigan fuqarolar, shuningdek 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan, o‘qishga qabul qilingan yili mazkur yoshga to‘lgan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar, shuningdek yigirma olti yoshgacha bo‘lgan hamda oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining talabalari — oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari lavozimlariga;
  • 40 yoshgacha bo‘lgan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar — ofitserlar tarkibi lavozimlariga.

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan fuqarolar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.

Fuqarolar harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik va idora bilan harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida kontrakt tuzadilar.

Chat