Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2082 marta o'qildi

Harbiy xizmatga chaqirilgan yoki kirgan fuqarolarga ishdan bo‘shatish nafaqasi qonunchilikka muvofiq ish joyida to‘lanadi.

  • Fuqarolar harbiy ro‘yxatdan o‘tish, harbiy xizmatga chaqirilishi yoki kirish bilan bog‘liq vazifalarni bajarish uchun zarur vaqt davomida ishdan (o‘qishdan) ozod etiladi, ularning ish (o‘qish) joyidagi o‘rtacha ish haqi (stipendiyasi) saqlanib qoladi.
  • Harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirayotgan fuqarolar kirish imtihonlarini topshirish uchun zarur vaqt davomida ishdan ozod etiladi, ish joyidagi lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlari tomonidan dispanser yoki statsionar tekshiruviga yuborilgan fuqarolarning tibbiy muassasada bo‘lgan butun davri mobaynida ish joyi, egallagan lavozimi, o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi hamda tekshiruv joyiga borish va u erdan qaytib kelishga ketgan xarajatlari ish (o‘qish) joyida qoplanadi. Statsionar davolanishga yuborilganda ularga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish joyida qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lanadi.

Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, shuningdek kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirgan fuqarolarga qonunchilikka muvofiq boshqa imtiyozlar va kafolatlar ham belgilanishi mumkin.

Chat