Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2719 marta o'qildi

Harbiy xizmatchini haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi:

  • 1) yosh bo‘yicha — u harbiy xizmatda bo‘lish yoshi chegarasiga etganida, shu jumladan unga belgilangan tartibda uzaytirilgan harbiy xizmat muddati tugaganda;
  • 2) muddatli harbiy xizmat muddati tugaganda — chaqiruv bo‘yicha muddatli harbiy xizmatning qonunchilikda belgilangan muddati tugaganda (bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmaganda);
  • 3) kontrakt muddati tugaganda — bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmaganda, agar amaldagi kontraktning tugashi paytiga kelib harbiy xizmatchi yoki vazirlik va idora tomonidan yangi kontrakt tuzmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa;
  • 4) tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan — harbiy xizmatchidan xizmatda foydalanish mumkin bo‘lmagan taqdirda, uni bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmaganda;
  • 5) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra — u harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganligi munosabati bilan;
  • 6) taraflardan birining tashabbusiga ko‘ra kontrakt muddatidan oldin bekor qilinganligi munosabati bilan;
  • 7) intizomsizligi sababli oliy harbiy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi munosabati bilan — uni bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmaganda;
  • 8) harbiy xizmatchi nomiga dog‘ tushiruvchi nojo‘ya xatti-harakat sodir etganda;
  • 9) davlat sirlaridan foydalanishdan mahrum qilinganda;
  • 10) ozodlikdan yoki harbiy unvondan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo choralari tayinlangan sud hukmi qonuniy kuchga kirganda;
  • 11) qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotganligi yoxud boshqa davlatning fuqaroligi mavjudligi munosabati bilan.

Harbiy xizmatchilarni harbiy xizmatdan bo‘shatish ularni tegishli lavozimlarga tayinlash vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

  • Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan rezervga, harbiy hisobdan chiqarilgan hollarda esa iste’foga bo‘shatiladi.
  • Rezervda bo‘lish yoshi chegarasiga etgan yoki sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan yoxud boshqa davlatning fuqaroligiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar iste’foga bo‘shatiladi.
Chat