Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2634 marta o'qildi

Qarorga ko‘ra, yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlar uchun quyidagi rag‘batlantirish choralari joriy etiladi:

“AAA” toifadagi tadbirkorlar faoliyatida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi, (jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno) shuningdek, ushbu toifadagi tadbirkorlarga QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kunda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi;  

  • 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan “AA” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlarga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalari bo‘yicha kamida 15 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lov bir yo‘la amalga oshirilganda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanmaydi hamda bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddati 5 yilgacha uzaytiriladi;

“A” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik sub’ektlariga:

  • soliqlar bo‘yicha (QQS bundan mustasno) mavjud ortiqcha to‘lov summasini qaytarish 3 kunda amalga oshiriladi;
  • tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi tatbiq etiladi.

2024-yil 1 apreldan tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz va preferentsiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda joriy etiladi.

Chat