Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1559 marta o'qildi

“O‘zbekiston Respublikasida to‘siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–20-son, 12.01.2024-y.) qabul qilindi  

Qarorga ko‘ra, 2024-yildan:

  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun madaniy meros ob’ektlarida ularga shikast etkazmagan holda pandus, plintus va liftlar hamda ko‘zi ojizlar uchun madaniy meros ob’ektlarining kichraytirilgan o‘lchamdagi maketlari o‘rnatiladi va ular to‘g‘risida Braylь alifbosidagi ma’lumotlar joylashtiriladi;
  • temir yo‘l va jamoat transportlarida hamda barcha aeroport, vokzal, avtoshohbekatlarda nogironligi bo‘lgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoitlar, maxsus ko‘tarilish panduslari va qulay zina tutqichlari o‘rnatiladi hamda kema aravachalari (nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus aravacha) qo‘yiladi;

2027-yil 1 yanvarga qadar:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida I va II guruh nogironligi bo‘lgan 1000 nafar shaxsga O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq 500 ming so‘mdan oshmagan qismi;
  • eshitish qobiliyatini yo‘qotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun surdogidlar tayyorlash kurslari xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

2024-yil 1 apreldan 2026-yil 1 aprelgacha mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar mehmonxonaning kamida 3 ta xonasini nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rindiqli aravachadan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlasa, shuningdek, eshitishi va ko‘rishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar o‘rnatsa, ularga har bir maxsus jihozlangan xona uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya beriladi:

  • yulduzli toifadagi mehmonxonalarga – 2 million so‘m;
  • yulduzli toifa olmagan mehmonxonalarga – 1 million so‘m.

Qaror bilan Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va ularning sayohat qilishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

2024-yil 1-martdan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun Uzbekistan.travel yagona milliy turistik axborot portalidan foydalanish imkoniyatini yaratish;

  • respublikaning har bir hududida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun milliy hunarmandchilik terapiyasi faoliyatini tashkil etish;
  • avia, temir yo‘l hamda avtobus biletlarini xarid qilish bo‘yicha onlayn platformalarda eshitish va ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning tegishli ehtiyojlariga muvofiq e’lonlar uchun taktil hamda ovozli funktsiyali displeylarni joriy qilish.
Chat