Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8899 marta o'qildi

Turistik industriya ob’ektlari, madaniyat tashkilotlari va madaniy meros ob’ektlarida, shu jumladan muzeylar, teatrlar va joylashtirish vositalarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning erkin va to‘siqsiz harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.


Turizm sohasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi turoperatorlar, turagentlar, joylashtirish vositalari egalari, transport xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari hamda sayohat davomida ularga hamrohlik qiluvchi fuqarolarni rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.

Madaniy meros ob’ektlaridagi qulayliklar

Madaniy meros ob’ektlarini restavratsiya qilish va tiklashda ularga shikast etkazmagan holda:

  • panduslar;
  • plintuslar;
  • liftlar;
  • ko‘zi ojiz shaxslar uchun madaniy meros ob’ektlarining kichraytirilgan maketlari

o‘rnatiladi.

Shuningdek, ob’ektlar haqidagi ma’lumotlar Braylь alifbosida joylashtiriladi.

Aeroport, vokzal va avtoshohbekatlardagi shart-sharoitlar

Temir yo‘l va jamoat transportlarida, shuningdek barcha aeroport, vokzal va avtoshohbekatlarda ularga egalik qiluvchi tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun:

  • maxsus ko‘tarilish panduslari;
  • qulay zina tutqichlari;
  • maxsus aravachalar

bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.

Sayohat xarajatlarining bir qismini qoplash

2027-yil 1 yanvarga qadar Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 1 000 nafar I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining:

  • 50 foizi;
  • biroq 500 ming so‘mdan oshmagan qismi

qoplab beriladi.

Surdogidlar tayyorlash xarajatlarini qoplash

2027-yil 1 yanvarga qadar eshitish qobiliyatini yo‘qotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun surdogidlar tayyorlash kurslari xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

Axborot va bilet xarid qilish platformalarining qulayligi

Avia, temir yo‘l va avtobus biletlarini xarid qilishga mo‘ljallangan onlayn platformalar eshitish va ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlariga moslashtiriladi.

Bunda e’lonlar va axborotlarni qabul qilish uchun taktil hamda ovozli funktsiyalarga ega vositalarni joriy etish nazarda tutiladi.

Chat