Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2273 marta o'qildi

Er olgan yoshlarga 100 mln so‘mgacha kredit ajratiladi

Tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar er maydoni elektron onlayn auktsion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ustuvor ravishda 1-ilovaga muvofiq yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:

  • bir oy muddatda 60 ming gektar er maydonini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auktsion savdolari «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali «mahalla ettiligi»ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladi. Bunda:
  • er maydonlarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auktsion savdolari g‘oliblariga er uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi;
  • zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida belgilandi.

Talabgorlarga:
  • sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar, makkajo‘xori doni, dukkakli va moyli ekinlar etishtirishga sug‘oriladigan ekin maydonlari;
  • bog‘dorchilik-uzumchilik yo‘nalishlari uchun ko‘p yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bog‘lar er maydonlari;
  • dorivor o‘simliklar etishtirish, chorvachilik yo‘nalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini etishtirishga mo‘ljallangan, lalmi, bo‘z, yaylov va yangi o‘zlashtirilgan er maydonlari 30 yil muddatgacha kichik lotlarda «bir massiv — bir mahsulot» tamoyili asosida ijaraga beriladi.
  • Bunda, elektron onlayn auktsion savdolarida 1 nafar talabgor ishtirok etgan taqdirda, istisno tariqasida, auktsion o‘tkazilgan hisoblanadi hamda ushbu imtiyozli shartlar asosida o‘tkaziladigan auktsion savdolarida yoshlarga er maydonini faqat bir marotaba ijaraga olishga ruxsat beriladi.

Talabgorlarga ajratiladigan er maydonlari o‘lchamlari «mahalla ettiligi» taklifiga ko‘ra aniqlanadi.

Er maydonlarini elektron onlayn auktsion savdolari orqali ijaraga olgan yoshlar «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari»dan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferentsiyalar saqlab qolinadi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim bo‘yicha talabgorlarga quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etildi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi «Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-52-son qarorida nazarda tutilgan shartlarda va mablag‘lar doirasida talabgorlarga tijorat banklari tomonidan 7 yilgacha muddatga 100 mln so‘mgacha kredit ajratiladi. Bunda, qaror doirasida barcha turdagi kreditlarni «mahalla ettiligi»ning kafilligi asosida ajratishga ruxsat beriladi hamda ular kreditlarning natijadorligi uchun teng javobgar bo‘ladi;
  • talabgorlarga mini-texnika, urug‘ va ko‘chat xaridiga «Yoshlar daftari» jamg‘armasidan 5 million so‘mdan subsidiya, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan — 33 mln so‘mgacha kredit ajratiladi.
Chat