Doimiy nomga ega bo‘lgan, bosma yoki elektron shaklda olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga uzatiladigan hamda qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ommaviy axborotni davriy tarqatish shakli ommaviy axborot vositasi hisoblanadi.
Ommaviy axborot vositalariga gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-saytlar va ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari kirishi mumkin.
Veb-sayt, blog yoki ijtimoiy tarmoqdagi sahifa o‘z-o‘zidan OAV hisoblanmaydi. Veb-sayt OAV maqomini olishi uchun u qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradi. Davlat ularning axborotni izlash, olish, tadqiq etish, undan foydalanish, saqlash va tarqatish huquqini kafolatlaydi.
Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish taqiqlanadi. Shu bilan birga, tahririyat tarqatilayotgan axborotning xolisligi va ishonchliligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
OAVni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza muassis tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga beriladi. Elektron murojaatni «Litsenziya» axborot tizimi orqali yuborish mumkin.
Arizada, jumladan, quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Arizaga OAVning ta’sis hujjatlari ilova qilinadi. Agar muassis bitta shaxsdan iborat bo‘lsa, arizaga faqat tahririyat ustavi yoki nizomi ilova qilinadi. Veb-sayt OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganda uning domen nomi ko‘rsatiladi.
Ariza ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan 10 kun ichida ko‘rib chiqilishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan miqdorda yig‘im undiriladi.
OAVning nomi, tili, turi, maqsad va vazifalari, ixtisoslashuvi yoki ta’sis hujjatlaridagi asosiy ma’lumotlar o‘zgarsa, OAV belgilangan tartibda qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Qayta ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydigan boshqa ma’lumotlar o‘zgarganda muassis yoki tahririyat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni bir oy ichida yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Ro‘yxatdan o‘tkazish, jumladan, quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
Rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin bir kun ichida arizachiga rad etish sabablari va kamchiliklarni bartaraf etish muddati ko‘rsatilgan xabarnoma yuboriladi. Muassis rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilishga haqli.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning arizasiga ko‘ra OAV chiqarilishini to‘xtatib turish yoki tugatish sud qarori asosida amalga oshiriladi.
Muassis ham tahririyat ustavi yoki muassis bilan tahririyat o‘rtasidagi shartnomada belgilangan hollarda OAV chiqarilishini to‘xtatishi yoki tugatishi mumkin. Bunday qaror haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ uch kun ichida xabardor qilinishi kerak.