Ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza OAV muassisi tomonidan beriladi.
Ariza «Litsenziya» axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda taqdim etilishi mumkin. Ariza beruvchi tizimda shaxsiy kabinet ochadi, so‘rovnomani to‘ldiradi va talab etiladigan hujjatlarni elektron shaklda ilova qiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar OAV ta’sis etishi mumkin. Ommaviy axborot vositasi bir yoki bir nechta muassis tomonidan ta’sis etilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Arizada quyidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Arizaga OAVning ta’sis hujjatlari ilova qilinadi. Agar muassis bitta shaxsdan iborat bo‘lsa, faqat tahririyat ustavi yoki nizomi ilova qilinadi. Bir nechta muassis bo‘lganda ta’sis shartnomasi ham taqdim etiladi.
Veb-sayt OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda so‘rovnomada veb-saytning domen nomi ko‘rsatilishi kerak.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ arizachidan qonunda nazarda tutilmagan qo‘shimcha ma’lumot yoki hujjatlarni talab qilishga haqli emas.
Muassisning arizasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan 10 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
OAVni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi undiriladi. Yig‘im miqdori OAVning turi va davlat xizmati pasportida belgilangan shartlarga bog‘liq bo‘ladi.
Arizachi to‘lovni elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishi mumkin. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun belgilangan yig‘im o‘z vaqtida to‘lanmasa, hujjatning amal qilishi bekor qilinishi mumkin.
Quyidagilarni OAV sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinmaydi:
100 nusxadan ortiq adadda chop etiladigan yoki tashkilot doirasidan tashqarida ommaviy tarqatiladigan davriy nashr umumiy tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
OAVning nomi, tili, turi, maqsad va vazifalari, ixtisoslashuvi yoki ta’sis hujjatlaridagi asosiy ma’lumotlar o‘zgarganda OAV belgilangan tartibda qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni talab qilmaydigan boshqa ma’lumotlar o‘zgarganda muassis yoki tahririyat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni bir oy ichida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi shart.