Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1660 marta o'qildi

1. Tashkilotimiz ehtiyojlari uchun 80 nusxada bosma nashrlarni chop etish kerak. Buning uchun OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tishimiz kerakmi?

"Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi O‘RQ 21-moddasiga asosan

Quyidagilarning ro‘yxatdan o‘tkazilishi talab etilmaydi:

  • faqat o‘z rasmiy xabarlari va materiallarini, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarini e’lon qilish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ta’sis etiladigan ommaviy axborot vositalari;
  • korxona, muassasa, tashkilotning (shu jumladan o‘quv va ilmiy muassasaning) o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun adadi 100tagacha nusxada chop etiladigan davriy bosma nashrlar;
  • kabelь tarmoqlari orqali olib beriladigan (ko‘rsatiladigan) tele-, radio-, video, kinoxronikal dasturlar, shuningdek tarqatilishi bir korxona, muassasa, tashkilot (shu jumladan o‘quv va ilmiy muassasa) binosi va (yoki) hududi bilan cheklanadigan audio-, audiovizual xabar va materiallar.

2. Jismoniy shaxslar bosma ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini mustaqil ravishda tarqata oladimi?

Ommaviy axborot vositasi mahsulotini tarqatish bevosita tahririyat tomonidan, shuningdek belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.

  • Bosma ommaviy axborot vositalari mahsulotini tarqatish ularga obuna tashkil etish, shuningdek chakana savdo tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan davriy bosma nashrlar adadini chakana savdo orqali, shu jumladan qo‘lda sotish nashrlar tahririyatlarining shtatdagi tarqatuvchilari tomonidan yoki savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ommaviy axborot vositasining har bir alohida chiqarilishining tarqatilishiga bosh muharrir uning chiqarilishi uchun ruxsat berganidan keyingina yo‘l qo‘yiladi.

3. Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun qanday asoslar bor?

Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:

  • ommaviy axborot vositasining maqsad va vazifalari qonunchilikka zid bo‘lsa;
  • ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza Qonunga muvofiq ommaviy axborot vositasini ta’sis etish huquqiga ega bo‘lmagan yuridik yoki jismoniy shaxs nomidan berilgan bo‘lsa;
  • ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar haqiqatga mos kelmasa;
  • bundan avval aynan bir xil yoki adashtirib yuborish darajasida o‘xshash nomdagi ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa.

Ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan taqdirda, qaror chiqarilgandan keyin 1 kun ichida arizachiga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda bildirish yuboriladi (topshiriladi), unda rad etish sabablari, shuningdek arizachi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi.

  • Muassis ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.

4. OAV mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish va tarqatish uchun qanday jazo mavjud?

Ommaviy axborot vositalarining mahsulotlarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yoki ularni chiqarishni yoxud nashr etishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin qonunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish — bosma yoki boshqa mahsulotlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

5. Ijtimoiy tarmoqlardagi noaniq ma’lumotlar uchun bloggerlar javobgarlikga tortilishi mumkinmi?

Bloger — Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs.

Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan yoxud boshqa axborot resursidan:

Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger, hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga yoxud boshqa axborot resursiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtirilguniga qadar uning to‘g‘riligini tekshirishi shart.

Chat