Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1983 marta o'qildi

Trudoustroystvo invalidov.

Nogiron yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha subsidiya ajratiladi.


Subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinadi yoki YaIDXP orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
  • o‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishda:
  • ariza bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
  • nodavlat ta’lim tashkiloti tomonidan ariza beruvchini o‘qitish to‘g‘risida shartnomaning elektron nusxasi;
  • yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda:
  • yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari;
  • ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnomaning elektron nusxasi.

Davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.

Ariza 3 ish kunida ko‘rib chiqilib:

  • subsidiya ajratish haqida elektron tizimga ma’lumot kiritiladi va bu haqida ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboriladi;
  • nodavlat ta’lim tashkiloti joylashgan hududdagi mahallaning yoshlar etakchisi zimmasiga ariza beruvchining nodavlat ta’lim tashkilotida o‘qishini joyiga chiqqan holda monitoring qilish vazifasi yuklatiladi.

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish davrida yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya ajratish uchun ariza yuborish

2022-yil 1 yanvardan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun 6 oyda BHMning 1,5 baravarida subsidiya beriladi.

Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har yili 500 nafargacha nogiron yoshlarga quyidagilar uchun subsidiya ajratiladi:

  • axborot texnologiyalari, kompьyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish;
  • tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan 2022-yildan har yili tanlov asosida 20 nafargacha nogiron yoshlar xorijiy OTMda, onlayn kurslarda ta’lim olishi tashkil etiladi.

Chat