Markazlarda bolalarni qarab turish va parvarishlash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, maishiy, muloqot va mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish hamda jamiyatga moslashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi.
Markazga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiy holati buzilgan va tegishli tibbiy ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar joylashtiriladi.
Bolani Markazga joylashtirish masalasi Ijtimoiy-psixiatrik-tibbiy komissiya xulosasi asosida hal etiladi.
Joylashtirish Markazda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Bolaning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi, homiysi yoki boshqa qonuniy vakili:
murojaat qilishi mumkin.
Murojaatga doir ma’lumotlar «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimining tegishli modulida shakllantiriladi.
«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi:
Murojaatning Ijtimoiy-psixiatrik-tibbiy komissiyaga yuborilgani yoki rad etilgani haqida ariza beruvchiga SMS-xabar, YaIDXP yoki «Ijtimoiy karta» mobil ilovasi orqali xabar beriladi.
Murojaatni ko‘rib chiqish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
Rad etish sabablari ariza beruvchiga elektron shaklda ma’lum qilinadi.
Ijtimoiy-psixiatrik-tibbiy komissiya bolani Markazga joylashtirish mumkinligi to‘g‘risida xulosa berganidan so‘ng, bola belgilangan navbat asosida yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda navbatsiz joylashtiriladi.
Bola Markazga qabul qilinganda uning:
o‘rganiladi.
Har bir bola uchun uning individual xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi ishlab chiqiladi.
Markazlarda bolalarga:
bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi.
Bolalarning ijtimoiy-moddiy ta’minoti, ta’limi, tarbiyasi va parvarishi to‘liq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi.
Bola 18 yoshga to‘lganidan keyin, Ijtimoiy-psixiatrik-tibbiy komissiya xulosasi va bo‘sh o‘rin mavjudligi asosida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun «G‘amxo‘rlik» markaziga o‘tkazilishi mumkin.