Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1360 marta o'qildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-921-son, 15.03.2024-y.) bilan ayrim kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, quyidagicha jazolanadi:

  • BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha (8 mln 500 ming so‘mdan 17 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
  • 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
  • 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
  • 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi qo‘shimchalar kiritildi:

Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini musodara qilib, BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 400 ming so‘mdan 6 mln 800 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mazkur harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini o‘z ixtiyori bilan topshirsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

Ilgari bu norma mavjud emas edi. 

Bunda, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun avval ma’muriy keyin jinoyat javobgarlik belgilandi. 

Avval to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlik belgilangan edi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Chat