“O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-197-son, 28.05.2024-y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, Oliy sport mahorati instituti negizida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi.
Quyidagilar 2025/2026 o‘quv yilidan Akademiya huzuriga o‘tkaziladi:
Sport sohasida natijalari yuqori bo‘lgan davlatlarning etakchi oliy sport-ta’lim tashkilotlari tajribasi asosida zamonaviy kadrlarni tayyorlash Akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Akademiya tizimida davlat muassasasi shaklidagi Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi.
Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi sport tibbiyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalari a’zolarini tibbiy jihatdan musobaqalarga tayyorlashni tashkil qiluvchi davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi.
Sportchilarga xorijiy tillar va O‘zbekiston tarixini chuqurlashtirilgan holda o‘rgatish maqsadida Akademiya tuzilmasida Axborot-kutubxona markazini o‘z ichiga oluvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o‘qitish markazi tashkil etiladi.
Akademiyada o‘quv jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi.
Akademiyaga talabalarni qabul qilish parametrlari Respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi doirasida belgilanadi.
Akademiya talabalarining kontingenti, birinchi navbatda, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida rivojlantirilayotgan sport turlari bo‘yicha so‘nggi bir yilda Jahon, Osiyo va O‘zbekiston chempionatlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan olimpiya va paralimpiya kollejlari, shuningdek, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari orasidan ularning sport natijalariga qarab, saralash (selektsiya) asosida shakllantiriladi.
Akademiya bitiruvchilariga trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun malaka sertifikati, istisno tariqasida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 6 yilga beriladi.