Shahar yo‘lovchilar transporti — O‘zbekiston hududida ro‘yxatga olingan hamda shahar doirasida yo‘lovchilar va bagaj tashishga mo‘ljallangan avtomobilь va elektr transportidir.
Ushbu qoidalar Toshkent shahrida, viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarda, shuningdek, shaharchalarda faoliyat ko‘rsatadigan shahar yo‘lovchilar transporti sub’ektlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Shahar yo‘lovchilar transporti ommaviy yoki xususiy mulk asosida ishlashi mumkin.
Shahar yo‘lovchilar transporti jumlasiga:
Avtobus, tramvay, trolleybus, metropoliten va yo‘nalishli taksilar belgilangan yo‘nalish va harakat jadvali bo‘yicha, tasdiqlangan tarif asosida yo‘lovchi tashiydi.
Yo‘nalishsiz taksi esa yo‘lovchining buyurtmasi va ko‘rsatgan manzili bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Yo‘l haqi qonunchilikda belgilangan tartibda, jumladan taksometr yoki elektron axborot tizimida hisoblangan qiymat asosida belgilanishi mumkin.
Korxona, muassasa yoki tashkilotning o‘z xodimlarini muayyan yo‘nalish va jadval bo‘yicha tashish uchun foydalaniladigan avtobus va mikroavtobuslari idoralarga qarashli yo‘lovchilar transporti hisoblanadi.
Bunday transportdan shahar yo‘lovchilarini tashish uchun ham foydalanish mumkin. Buning uchun shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organi bilan tashish shartnomasi tuzilishi kerak.
Shahar yo‘lovchilar transportiga oid munosabatlar 1997-yil 25-apreldagi 419-I-son Qonun bilan tartibga solinadi.