Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2438 marta o'qildi

Vatandoshlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga rioya etishlari shart.

Vatandoshlar yashash manzillarini o‘zgartirsalar 3 ish kunidan kechikmay vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joy bo‘yicha hududiy MvaFR bo‘linmasiga turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni o‘zgartirish uchun murojaat qilishi lozim (mehmonxona, sanatoriy va davolanish muassasalariga ko‘chib o‘tish bundan mustasno).

  • Muayyan manzilda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi asosida yashayotgan vatandoshlar O‘zbekiston Respublikasining boshqa manzilida 3 kundan ortiq bo‘lish istagini bildirsalar, amaldagi vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi bekor qilinmasdan bo‘lish muddatiga vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi qilinadi. Bunda yangi manzildagi vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi avvalgi vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi muddatidan oshmasligi lozim.
  • Vatandoshlar O‘zbekiston Respublikasida bundan buyon qolishga qonuniy asoslari bo‘lmasa, viza va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish muddatlari tugaguncha mamlakat hududidan chiqib ketishlari lozim.
  • Vatandoshlar qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari, ta’lim olishlari, doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish bilan yashash guvohnomasi olishlari mumkin.

Vatandoshlar O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tegishli ruxsatnoma olish masalasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlar vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishlari kerak.

Vatandoshlarning «VTD» turdagi vizalari mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnoma yoki ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma muddatiga uzaytirilganda viza turi o‘zgarmaydi.

Chat