Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1222 marta o'qildi

Qonunchilikka ko‘ra, xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari BHMning quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin (oltin medalь) uchun — 500 (170 mln so‘m), o‘qituvchisiga — 450 baravari (153 mln so‘m);
  • 2-o‘rin (kumush medalь) uchun — 300 (102 mln so‘m), o‘qituvchisiga — 250 baravari (85 mln so‘m);
  • 3-o‘rin (bronza medalь) uchun — 200 (68 mln so‘m), o‘qituvchisiga — 150 baravari (51 mln so‘m).

Shuningdek, xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlariga navbatdagi o‘quv yili uchun direktor (rag‘batlantirish) jamg‘armasidan oltin, kumush va bronza medallari bo‘yicha tegishincha qo‘shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama to‘lanishi belgilangan.

Chat